Infocom.uz

“Bilayn”: O‘zAAAdan navbatdagi mukofot

Mamlakatimizning asosiy bayrami arafasida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) telekommunikatsiya tarmog‘i xodimlarini «Mohir aloqachi» faxriy unvoni, Faxriy yorlig‘i va «O‘z kasbining ustasi» belgisi bilan mukofotlandi.

“Bilayn” xodimlari doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi organning yuqori mukofotlari bilan taqdirlanib keladilar. Bu safar aloqa sohasidagi o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati uchun “Unitel” MChJ ning servis platformalari bo‘limining boshlig‘i Innokentiy Rusanovskiy O‘zAAA ning Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi. Faxriy yorliqni unga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zAAA Bosh direktori Abdulla Oripov topshirdi.

beeline_8_09_2009

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning information texnologiyalar bo‘yicha direktori Maksim Xolmatov dedi: “Innokentiy – kompaniyaning tajribali va obro‘li xodimlaridan biri, shuning uchun ham biz bu mukofotni uning mehnatlariga berilgan munosib baho deb o‘ylaymiz. Faqatgina ana shunday o‘z ishining professionallari bizning abonentlarimiz uchun sifatli aloqa xizmati ko‘rsatilishini ta’minlashi mumkin”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top