Infocom.uz

“Bilayn” O‘zbekiston Yoshlar Ekologik tarmog‘i tomonidan tashkil etilgan veloo‘yinni qo‘llab-quvvatladi

Tadbir maqsadi velosipedning ekologik toza transport va sog‘lom hayot ramzi sifatida ommalashtirishdan iborat bo‘ldi. Velokvest Encounter shahar o‘yinlari onlayn-platformasida o‘tkazildi: barcha vazifalarni o‘yinchilar o‘yin davomida Internet vositasida olib turdilar.

“Ekologiya mavzusi hozirgi paytda juda dolzarb bo‘lib, bizning mamlakatda unga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Texnologiyalar ko‘plab muammolarni hal qilishi mumkin va biz Ekologiya tarmog‘i yosh faollarining bizning qadriyatlarimizga sherik bo‘layotgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlay olayotganimizdan xursandmiz”.

Veloo‘yinda ishtirok etish uchun “Bilayn”ning Facebook ommaviy ijtimoiy tarmoqdagi http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ sahifasi foydalanuvchilari ham jalb qilindi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top