O‘tgan haftada Nukusda QZKning mahalliy kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan turnirining yakuniy o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ikki oyga yaqin davom etgan musobaqalarda 20 tadan ortiq jamoa qatnashib, eng kuchlilar an’naviy maydon – Berdax nomidagi kinoteatrda kuch sinashdilar. Birinchi to‘rtta o‘rinni egallagan jamoalar “Bilayn”dan sovg‘alarni va “oltin” raqamlarga sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJning G‘arbiy filiali direktorii Abay Kolanov shunday dedi: “QZK o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlash – kompaniyamizning eski an’analaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizga kelgandan buyon “Bilayn” O‘zbekiston QZK jamoalari uyushmasining homiysi edi va biz Qoraqalpog‘istondagi yosh quvnoqlar va zukkolarga sidqidildan yordam bermoqdamiz”.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi