Infocom.uz

«Bilayn» raqamlarni to’g’ridan to’g’riga o’zgartirmoqda

2009 yilning 23 iyunidan boshlab respublika raqamlari bevosita to’g’ridan to’g’ri raqamlarga o’zgartiriladi. Endilikda abonentning respublika mobil raqamiga qo’ng’iroq qilinadigan bo’lsa, qo’ng’iroq qilayotgan odamga shahar telefonidan xalqaro aloqaga chiquvchi «8» raqamini terish shart emas – balki to’g’ridan to’g’ri yettitalik raqamiga qo’ng’iroq qilsa, bas.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Biz har doimgidek eng avvalo «Bilayn» abonentlariga qulaylik yaratish haqida o’ylaymiz. Respublika raqamlaridan foydalanishda ba’zi bir noqulayliklar bo’lganligidan xabarimiz bor. Shuning uchun bugundan boshlab respublika raqamlariga ulangan abonentlarimiz uchun raqam terishning standart qoidalari amalda bo’ladi. O’zgarishlar faqatgina prefikslarga – raqamning dastlabki uchta soniga tegishli bo’ladi, qolgan barchasi o’z holiday qoladi. Bundan tashqari biz abonentlarimizga raqamlari o’zgarganligini ma’lum qilishlari uchun bepul to’liq bir soat sovg’a qilayapmiz».

Respublika raqamlarini to’g’ridan to’g’ri raqamlarga o’zgartirish bepul hamda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati abonentlari uchun tarmoq kodi 891 dan 890 ga o’zgartiriladi. Hisoblangan bepul daqiqalar to’g’risida USSD buyrug’i orqali *106# chaqiruvni terib, bilib olsangiz bo’ladi.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,