Infocom.uz

“Bilayn” roumingi: Quruqlikning 99,8% qopladi, 2008 yilda daromadlar 28% o’sdi

“Bilayn” ikki yildan beri roumingdagi mamlakatlar soni bo’yicha dunyoda yetakchilik maqomini egallab keladi (J’son& Partners tadqiqotlari ma’lumotlariga ko’ra). O’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, “Vimpelkom” (“Bilayn” savdo belgisi) kompaniyasi tadqiqot o’tkazilgan paytda eng ko’p rouming hamkorlar soniga ega bo’lgan, shuningdek, boshqa uyali aloqa operatorlari bilan tuzilgan rouming kelishuvlari bilan qoplangan mamlakatlar/hududlar soni bo’yicha ham dunyoning barcha uyali aloqa operatorlari orasida etakchi bo’lgan.

2008 yilda xalqaro rouming xizmatlaridan olingan daromadlar 2007 yil bilan solishtirganda 28% ga oshgan. Roumerlar soni 17% ga oshgan, shuningdek, rouming xizmatlaridan foydalanish soni ham o’sgan. Ayniqsa, GPRS – rouming, SMS kabi qo’shimcha xizmatlardan foydalanish soni o’sgani ham ahamiyatli. Masalan, GPRS – roumingdan foydalanish 87%, SMS dan foydalanish esa 30% ga oshgan.

Tushum va foydalanishning o’sishi ko’p jihatdan “Bilayn” mamlakatlari” (“Bilayn” kompaniyasi guruhlarining xorijiy tarmoqlaridagi roumingga imtiyozli tariflar) va “Jazirama rouming” (yozgi taklif) kabi yangi xizmatlarning joriy etilishi bilan bog’liq. Bular “Bilayn” abonentlariga roumingda mobil aloqa xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.

Ukraina, Qozog’iston va Belorussiya yaqin xorijdagi eng ko’p kiriluvchi mamlakatlar bo’lib qolyapti. Uzoq xorijda esa bizning abonentlarimiz ko’pincha Turkiya, Misr, Germaniyada hisoblanadi.

2008 yilda Guam, Panama, Dominika Respublikasi, Suriya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar yo’nalishlarida jiddiy o’sish bo’lgani kuzatildi. Jazoir, Eron va Saudiya Arabistonida esa aksincha, qiziqish ancha pasaygani qayd etildi.

*Karib dengizidagi Kyurasao oroli Niderlandiyaning Antil orollari tarkibiga kiradi. U Venesuela sohillaridan 80 km. shimolda joylashgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top