Infocom.uz

“Bilayn” roumingi: yangi kengayish

“TELUS” (Kanada), “CADCOMMS” (Kambodja), “Telefonica O2” (Chexiya), “Oman Mobile” (Ummon) va “Vodafone Kerala” (Hindiston) kompaniyalari bilan GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Bundan tashqari, endi “Bilayn” abonentlari “Viva” (Bahrayn), MTN (Benin) va “Vodafone Kerala” (Hindiston) tarmoqlarida ovozli roumingdan foydalana oladilar. CAMEL-rouming xizmatlaridan “Tango” (Lyuksemburg) va “Telefonica O2” (Chexiya) hamkor tarmoqlarida foydalanish mumkin.

beeline_24_02_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “Bugun quruqlikning 90% dan ortig‘i “Bilayn” roumingi bilan qamrab olingan, biroq, shunga qaramay, uni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. O‘zbeksitonda birinchi raqamli rouming-operatori statusi bizga, abonentlarimiz dunyo bo‘ylab kezganlarida o‘zlarini dadil his qilishlari uchun, mazkur yo‘nalishni doimiy ravishda rivojlantirib borish majburiyatini yuklaydi”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobida har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top