Infocom.uz

“Bilayn” roumingi: yangi kengayish

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktorii Anton Golikov shunday dedi: “Abonentlarimizga sayohat paytida tanlash imkoniyatini kengaytirib berayotganimizdan mamnunmiz. Har bir operatorning o‘ziga xos afzalliklari mavjud, shuning uchun bir mamlakatda turib o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish juda muhim masala. O‘zbekistonda birinchi sonli rouming-operator sifatida har kuni hamkorlarimiz ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz”

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobida har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top