Infocom.uz

“Bilayn” Samsung GALAXY S III smartfoni sotuvga chiqarilganligini e’lon qiladi

Samsung GALAXY S III foydalanuvchilarga shasxni aniqlash texnologiyasi bilan bog‘liq turli intellektual vazifalar va opsiyalarni taklif qiluvchi, oddiy va tez sur’atga olishni kafolatlaydigan ikkita kamera bilan jihozlangan (8 Mpiksli asosiy va yuza paneldagi 1,9 Mpiksli qo’shimcha). Smartfon foydalanish qulayligi darjasi ancha yuqori bo‘lgan Android 4.0 Ice Cream Sandwich platformasida ishlaydi. Intuitiv texnologiyalar bilan jihozlangan Samsung GALAXY S III smartfoni foydalanuvchini noyob mobil imkoniyatlar bilan t’aminlaydi.

“Biz yangi qahramonimiz – GALAXY S IIIni taqdim qilamiz. U butun jahonda keng ommalashmoqda. Global miqyosda sotuvga chiqarilgandan paytdan boshlab 15 kun davomida 2,2 million dona sotildi”, – deydi Samsung Electronicsning MO va Kavkaz bo‘yicha prezidenti Syoung Ku Kim.

Samsung GALAXY S III uskuna va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yangi darajaga olib chiqadi. Yanada qulay va tabiiy boshqaruvni ta’minlash uchun smartfon shaxsni, ovozni va imo-oshralarni aniqlash texnologiyasini qo‘llab, aniq foydalanuvchiga moslashadi. Samsung GALAXY S III Smart stay innovatsion funksiyasiga ega: frontal kamera yordamida u egasining ko‘z harakatlarini qayd qiladi va foydalanuvchi smartfondan foydalanayotgan paytni aniqlaydi (masalan, elektron kitobni o‘qiyotganligini yoki web-sahifalarni ko‘rayotganligini). Uskuna o‘qish va internetda ishlash qulay bo‘lishi uchun avtomatik rejimda displey yorug‘ligini bir maromda ushlab turadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Biz O‘zbekiston bozorida Samsung GALAXY S III sotuvi boshlanganligini faxr bilan e’lon qilamiz. Xizmatlarimiz turli iste’molchi segmentlarga yo‘naltirilgan, Samsung flagmani hisoblangan premium-toifa smartfon uchun esa maxsus mijozlar uchun bo‘lgan Status yangi platformasi juda mos tushadi. “Bilayn”ning yangi paketli takliflari GALAXY S III bilan katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonaman”.

Batafsil ma’lumot www.samsung.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top