Infocom.uz

“Bilayn” Samsung GALAXY S III smartfonini sotishni boshlaydi

Samsung GALAXY S III uskuna va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yangi darajaga olib chiqadi. Yanada qulay va tabiiy boshqaruvni ta’minlash uchun smartfon shaxsni, ovozni va imo-oshralarni aniqlash texnologiyasini qo‘llab, aniq foydalanuvchiga moslashadi. Samsung GALAXY S III Smart stay innovatsion funksiyasiga ega: frontal kamera yordamida u egasining ko‘z harakatlarini qayd qiladi va foydalanuvchi smartfondan foydalanayotgan paytni aniqlaydi (masalan, elektron kitobni o‘qiyotganligini yoki web-sahifalarni ko‘rayotganligini). Uskuna o‘qish va internetda ishlash qulay bo‘lishi uchun avtomatik rejimda displey yorug‘ligini bir maromda ushlab turadi.

“Mijozlarimizga Samsung ultrazamonaviy flagmanini taqdim etishdan xursandmiz – dedi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov, mazkur voqeani sharhlar ekan. – Ertangi kundan boshlab uni ham jismoniy, ham yuridik shaxslar istalgan to‘lov shaklida sotib olishlari mumkin. Ishonamanki, ham ommaviy, ham “Bilayn” biznes-bozorida dunyodagi birinchi raqamli smartfon egasi bo‘lishni ko‘plab istovchilar topiladi”.

4,8 dyuym diagonalli HD Super AMOLED ekranga ega bejirim va innovatsion smartfon kontentni maksimal qulay tarzda ko‘rib chiqish imkonini beradi. Samsung GALAXY S III foydalanuvchilarga shasxni aniqlash texnologiyasi bilan bog‘liq turli intellektual vazifalar va opsiyalarni taklif qiluvchi, oddiy va tez sur’atga olishni kafolatlaydigan ikkita kamera bilan jihozlangan (8 Mpiksli asosiy va yuza paneldagi 1,9 Mpiksli qo’shimcha). Smartfon foydalanish qulayligi darjasi ancha yuqori bo‘lgan Android 4.0 Ice Cream Sandwich platformasida ishlaydi. Intuitiv texnologiyalar bilan jihozlangan Samsung GALAXY S III smartfoni foydalanuvchini noyob mobil imkoniyatlar bilan t’aminlaydi.

“Bilayn” mijozlari Samsung GALAXY S IIIni harid qilib, smartfon bilan bir to‘plamda $300 nominalli oltin raqam va Beeline Club dan platinali imtiyozli kartasini qo‘lga kiritadilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top