Infocom.uz

“Bilayn” Samsung Galaxy S Plus telefonlarini sotishni boshlamoqda

Telefonni 1 100 000 so‘mga xarid qilishda mijozlarga “Bilayn” bonslar taqdim etiladi: “oltin” raqam, “Beeline Club”dan “Platinum” toifali imtiyozli karta va yarim yil muddatga har oyda 100 Mb internet-paketlar.

“Samsung Galaxy telefonlarining birinchi savdosi juda muvaffaqiyatli bo‘lgan edi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Samsung Galaxy S II Top model sanoqli kunlar davomida sotib bo‘lingan edi va biz yanarda yangi ta’minotni kutmoqdamiz. Shunday bo‘lsada, Samsung Galaxy S Plus ham premium-toifa telefon hisoblanadi va biz ishonamizki, u ommaviy yangi yil sovg‘asiga aylanadi”.

Samsung Galaxy telefonlarini naqd pul va bank plastik kartalari vositasida hisob-kitob qilish evaziga sotib olish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top