Infocom.uz

«Bilayn» sinfdoshlarni birlashtiradi

“Odnoklassniki” portali bilan hamkorlik “Inform Mobil Tashkent” MChJ QK kontent-provayderi tufayli 2008 yilning 1 martidan boshlangan. 5050 va 4646 qisqa raqamlariga SMS yuborib, “Bilayn” abonentlari nafaqat MDH dagi eng mashhur ijtimoiy saytda ro‘yxatdan o‘tadilar, balki saytning pullik servislaridan ham foydalanadilar, o‘z yaqinlariga sovg‘a yuborish, yoqqan suratlarga “5+” bahosini qo‘yish, shuningdek, “Ko‘rinmas” rejimini yoqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Servislardan foydalanish dinamikasini sharhlar ekan, Ommaviy aloqalar bo’yicha Katta menejer Oraz Abdurazakov qayt etdi: “To‘liq bo‘lmagan bir yarim yil davomida www.odnoklassniki.ru saytidagi servislar bilan “Bilayn”ning o‘n minglab abonentlari foydalanishdi, hamda ularning soni oyma oy ortib bormoqda. Biz insonlarga nafaqat telefon aloqasidan foydalanish quvonchini, balki mana shunday qo‘shimcha xizmatlar orqali ham quvonch hadya etayotganimizdan xursandmiz. Bugun bizning har bir mijozimiz, “Bilayn” bilan u nafaqat ijtimoiy tarmoq xizmatlaridan foydalanishi balki o‘zining eski do‘stlarini ham topishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi mumkin”.

“Odnoklassniki” servisining mashhurligi saytga tashrif buyuruvchilarning soni bilan birgalikda o‘smoqda: jumladan, iyul oyida 4646 qisqa raqamidan foydalangan “Bilayn” abonentlarining soni shu yilning yanvar oyiga nisbatan 71,8% ga o‘sgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top