Infocom.uz

“Bilayn” SMS-paketlar narxini arzonlashtirdi

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov shunday dedi: “Biz abonentlarimizni yozgi sovg‘alar bilan xursand qilishda davom etmoqdamiz. Yoz – dam olish hamda faol muloqot qilishning an’anaviy payti va shuning uchun ham biz “Bilayn”ning eng ommaviy xizmatlaridan birining narxini pasaytirdik. Endilikda abonentlarimiz o‘sha pullar uchun yanada ko‘proq SMS jo‘nata olishlari mumkin”.

beeline_9_06_2011

Paketlarda SMS lar soni oshirilib, “Mahalliy SMS paketlari”ga ulanish narxi pasaytirildi:
• “Paket 100” – $0,95 (so‘mlik tariflar uchun – 1600 so‘m);
• “Paket 500” – $3 (so‘mlik paketlar uchun – 5100 so‘m);
• “Paket 1000” – $5 (so‘mlik paketlar uchun – 8500 so‘m).

Bundan tashqari “Xalqaro SMS paketlari”ga ulanishning narxi pasaytirildi:
• “Paket 25” – $1,25 (so‘mlik tariflar uchun – 2100 so‘m);
• “Paket 50” – $2 (so‘mlik tariflar uchun – 3400 so‘m);
• “Paket 100” – $3 (so‘mlik tariflar uchun – 5100 so‘m).

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top