TOP-10 yakunlarini izohlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Mening musiqam” chartida oy davomida TOP-10 talikka kiruvchi an’anaviy “uzoq yashovchilar” mavjud. Bu ham abonentlarning, ham xizmatdan foydalnuvchilar tarkibining musiqaga bo‘lgan qiziqishlarining barqarorligidan darak beradi. Shu bilan birga biz ularning soni o‘sayotganligini va xit-paradda yangilar kiritayotgan yangi asarlarni kuzatmoqdamiz”.
“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi