Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Biz eng yirik telekommunikatsion ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatidan xursandmiz, buning ustiga, ekspozitsiya tashrifchilariga ko‘rsatadigan ko‘p narsalarimiz bor. Bu yili forumda poytaxtdan tashqari yana ikkita shahar ishtirok etmoqda va men bu yili Buxoro hamda Farg‘onada boshqa o‘nlab shaharlardagi kabi “Bilayn”ning uchinchi avlod tarmog‘i yo‘lga qo‘yilganligini faxr bilan tilga olishim mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda komapniya tarmog‘ini kengaytirishning navbatdagi masshtabli bosqichi yakunlangan edi. Uning natijasida 3G asosidagi xizmatlar O‘zbekistonning 130 ta shahari va aholi punktlari uchun amal qila boshladi.
“ICTExpo 2010 ochilishi arafasida biz Facebook va Twitter eng yirik ijtimoiy tamrmoqlarda “Bilayn” korporativ sahifalarini ishga tushirdik, – qayd qiladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Hozir, bir yil o‘tib, ushbu maydonlar operatorning rivojlanish istiqbollari va variantlari qarashlariga ega bo‘lgan minglab odamlarni birlashtiradi. Bu istalgan innovatsion kompaniya uchun juda muhim. Ularni “Bilayn” stendining boshqa tashrifchilari kabi ko‘rgazma ishlashi paytida bir dunyo sovg‘alar kutmoqda”.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi