Infocom.uz

“Bilayn” TATU o‘quv laboratoriyasi uchun uskuna berdi

“TATU – mamlaktning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri, shuningdek telekom operatorlar uchun kadrlar o‘chog‘i, – qayd qildi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Mana to‘rt yildirki biz “Bilayn”ning “Uchinchi avlod” dasturi doirasida hamkorlik qilamiz va bu vaqt ichida o‘nlab amaliyotchilar kompaniyamizga ishga joylashdilar. Shuning uchun biz ta’lim jarayonlari va ularning amaliy jihatlarini yanada takomillashtirishdan juda manfaatdormiz. Biz tomondan berilgan uskuna TATU talabalari tomonidan yangi o‘quv yilida faol foydalanilishiga ishonaman”.

Eslatib o‘tmaiz, “Bilayn”ning ijtimoiy mas’uliyati doirasida ta’lim kompaniya faoliyatining asosiy va an’anaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Madjit Karimov shunday dedi: “Bilayn”ga bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashda o‘quv jarayonida foydalanish maqsadlarida tarmoqli uskuna va mini-ATS taqdim qilish haqidagi tashabbusi uchun minnatdormiz. Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish ishida hamkorligimizni davom ettirishga umid qilamiz”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top