Infocom.uz

“Bilayn” “Uchinchi avlod 2011” dasturi yakunlarini sarhisob qilmoqda

23 avgust kuni amaliyot to‘g‘risidagi hisobot taqdimoti bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instiuti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti ning 18 ta III va IV kurs talabari chiqish qildilar.

“Uchinchi avlod” – “Bilayn”ning ertangi kunga mo‘ljallangan strategik loyihalaridan biridir, – qayd qiladi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Kompaniyamiz milliy ish beruvchi mavqeidan faxrlanadi, bu kabi dasturlar esa uning ochiqligini va shaffofligini alohida ko‘rsatadi. Amaliyotchilarning ko‘pchiligi “Bilayn” bilan hamkorlikni davom ettirishidan xursandman va mazkur loyihaning kelajagi borligiga ishonaman”.

Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” dasturi yaxshi akademik o‘zlashtrishga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga va yuqori kurs talabalariga mo‘ljallangan. Amaliyot o‘tash jarayonida har bir amaliyotchi uchun individual rivojlantirish rejasi tuzilib, shaxsiy rahbar tayinlangan. Bundan tashqari, talabalar tanlab olingan profil bo‘yicha qator noyob professional treninglarni o‘tab, kunlik jarayonlarda to‘liq ishtirok etdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktori Marina Ushankova shunday dedi: “Har bir amaliyotchi nafaqat qimmatli tajribaga va noyob malakaga ega bo‘ldi, balki bo‘linmalar faoliyatiga yangi g‘oyalarni ham tatbiq qildi. Yoshlarning pozitivligi va energiyasi – istalgan kompaniyaning dinamik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sifat, shuning uchun “Uchinchi avlod” – o‘zaro manfaatli jarayon”.

“Uchinchi avlod” Dasturi ilk bor “Bilayn”da ikki yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Dasturning maqsadi amaliyot o‘tash hamda keyinchalik komaniyada ishlash, shuningdek alohida murakkab vakansiyalar uchun professioanl rezervni shakllantirish uchun eng yaxshi studentlarni tanlab olishdan iborat.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta