Infocom.uz

«Bilayn»: «Uchinchi avlod»ning birinchi natijalari

1 iyunda Tashkent Palace mehmonxonasida «O’zbekiston oliy o’quv yurtlari talabalari va bitiruvchilarining «Unitel» kompaniyasida «Uchinchi avlod» dasturi doirasida malaka oshirishsi» taqdimoti o’tkazilib, unda «Bilayn» noyob loyihasining dastlabki yakunlari chiharildi.

Eslatib o’tamiz, aprel oyida uch bosqichli tanlov natijalari asosida 200 nafar nomzod orasidan Toshkent axborot texnologiyalar universitetining III va IV kurslarida ta’lim olayotgan 15 nafar talaba «Bilayn» ga malaka oshirish uchun qabul qilingan edi. Ularning 9 nafari 2009 yilning 13 aprelidan 30 mayigacha «Unitel» kompaniyasida malaka oshirish o’tadi.

Voqeani izohlar ekan, «Unitel» MChJ Bosh direktori Igor Pilyugin: «Axborot texnologiyalar sohasida malakali yosh mutaxassislarning etishmasligi to’g’risida yurgan gap-so’zlar mish-mish, xolos. «Uchinch avlod» dasturi misolida biz shunga amin bo’ldikki, O’zbekistonda IT-kadrlar muammosi yo’q. Shuni aytish kerakki, kompaniyalarning o’zlari nafaqat xodimlar tanlash, balki ularni q’shimcha ravishda tayyorlashda manfaatdor bo’lishlari kerak», – deb ta’kidladi.

«Unitel» MChJ xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo’yicha direktori elena Konstantinova: «Ushbu loyiha iste’dodli yoshlarni barqarorlik va ertangi kunga ishonch bilan ta’minlashga qaratilgan. «Uchinchi avlod» ning Toshkent shahrida muvaffaqiyat bilan boshlanishi sababli bizda dasturni kengaytirish va uni O’zbekistonning bosha hududlariga ham tatbiq etish imkoni hamda rahbati uyg’ondi».

Malaka oshiruvchilarning har biri hisobot, o’zining «Bilayn» dagi ishi yakunlari bo’yicha alohida taqdimot tayyorlash bilan loyihaning jiddiyligi va ko’lamini baholashga ko’mak berdi. Transport tarmog’i ekspluataiyasi bo’limi malaka oshiruvchisi Yaroslav Lenchevskiy o’z chiqishida shunday dedi: «Kompaniya transport tarmog’ining urilishi, uning alohida tarkibiy ismlarining o’zaro bog’liqligi va rolini tushunish, shuningdek, ushbu tarmoq komponentlari to’g’risidagi umumiy tasavvur men uchun birinchi kashfiyot bo’ldi. Men uchun o’zimning birinchi transport oqimini yakuniy baza stantsiyasidan (BTS) baza staniyalari kontrollerigacha (BSC) yozib chiqish juda qiziqarli bo’ldi. Men ishchi brigadasi bilan birga shahar hududiga ham, viloyatga ham avariya chiqishlarida qatnashdim. Men ish muhitini his etdim, nosozliklar muhokamasida ishtirok etdim, hatto ularni bartaraf etishga yordamlashdim».

TATU ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Rustam Abdurahmonov ham kompaniyaga o’z minnatdorchiligini bildirdi: «Ta’kidlashni istardimki, «Uchinchi avlod» dasturi haqiqatan ham mamlakatimiz uchun noyob hisoblanadi. Ha, har bir oliy o’quv yurti turli tashkilotlar bilan hamkorlik to’g’risida shartnomalarga ega, lekin bironta firma shunchalik jiddiy resurslarni jalb etgan holda shu qadar ko’lamli loyihani ishga tushirmagan edi. Nazarimizda, «Uchinchi avlod» dasturi oliy maktabni amaliyotga yanada yaqinlashtirishga imkon beradi».
TATU da ta’lim olayotgan yana 6 nafar talabaning malaka oshirishsi 2009 yilning 1 iyulidan 30 avgustigacha o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,