Infocom.uz

«Bilayn Universitet» yubileyini nishonladi

1999 yili «VimpelKom» kompaniyasi asoschisi Dmitriy Zimin kompaniyaga yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashishga ko’maklashish maqsadida rahbarlar guruhi uchun «Bilayn Universitet» dasturini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtdan boshlab «Bilayn Universitet» oddiy bir dasturdan juda katta jo’g’rofiy taqsimlangan bo’linmaga aylandi, o’z faoliyati doirasini kengaytirdi, yuzlab kunduzgi, elektron va veb-ta’lim kurslari va dasturlarini ishlab chiqdi hamda «VimpelKom» kompaniyasi guruhining minglab xodimlariga mustaqil rivojlanishlariga ko’mak berdi. Iyun oyining boshlarida «Bilayn Universitet» o’zining yubileyi – tashkil etilgan kunining 10 yilligini keng nishonladi.

Mazkur hodisani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Bosh direktori Igor Pilyugin ta’kidladi: «Bilayn Universitet» – o’zida ilg’or tajribalarni eng yaxshi amaliyot bilan uyg’unlashtirgan betakror noyob hodisadir. Uning eng katta yutuqlaridan biri – insonga fikr yuritib, o’zini qiziqtirgan savollarga javob topishga yordam beradigan muhitning yaratilishidir. Lekin, eng katta natija, bu albatta – «Bilayn»ning malakali mutaxassislari, aynan ularning yuqori professional darajalari abonentlarimizga yangi xizmatlarni taklif qilgan holda kompaniyaga rivojlanish imkonini beradi».

«Unitel» MChJ da 4 nafar funktsional va 1 nafar korporativ trener ishlamoqda. 2008 yilda kompaniyaning 279 nafar xodimlari «Bilayn Universitet»da tahsil olishdi.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,