Infocom.uz

“Bilayn” “USSD menyu” xizmatini taqdim etadi

Endilikda “Bilayn” abonentlari xizmatlarni yoqtirishning ko‘plab komandalarini eslab qolishlari shart emas, USSD menyu – bu birgina *111# USSD komandasi yordamida mobil telefon orqali “Bilayn” xizmatlarini mustaqil boshqarishning qulay usulidir. Komandani terib, abonent foydali va qiziqarli xizmatlarni taklif qiluvchi menyuga kiradi. Ushbu xizmat roumingda ham amalda bo‘ladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni ta’kidladi: “Biz ko‘pdan beri bu kabi servisga ehtiyoj sezib kelmoqdamiz. Kompaniya xizmatlarining soni uzluksiz o‘sib bormoqda, biroq ushbu holatning barcha afzalliklarlariga qaramay abonentlarning USSD-komandalarni eslab qolishlari qiyin kechmoqda. Endi esa bu muammo hal etildi: “USSD menyu” mijozlarimiz uchun haqiqiy yo‘lko‘rsatkich bo‘lib qoldi”

Menyuga kirish va unda ishlash mutlaqo bepul. Faqatgina menyuda tanlangan va aktivlashtirilgan xizmatlar amaldagi tariflarga muvofiq tarifikatsiyalanadi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top