Infocom.uz

“Bilayn” uydan chiqmasdan turib, raqamni tanlashga yordam beradi

Raqamni band qilish uchun, “Bilayn”ning abonenti yoki umuman, mobil aloqa foydalanuvchisi bo’lish shart emas. www.beeline.uz saytida bo’sh raqamlar ro’yxatini ko’rib chiqish hamda sevimli raqamlar kombinatsiyasini yoki baxtli sonni o’z ichiga oladiganini tanlashning o’zi kifoya.

“Biz abonentlarimizga yanada yaqin va tushunarli bo’lib, xizmatlarimizni maksimal darajada soddalashtirishga intilamiz, – sharhlaydi voqeani “Unitel”ning ommaviy bozorni rivojlantirish bo’yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Yangi biznes insonga operatorni ofisiga borishdan avval anglangan tanlovni qilish uchun, shuningdek butun oila uchun raqamlarni tanlab olib, yaqinlari bilan maslahat qilish uchun imkon beradi. Ishonamanki, “Raqamni tanlash” xizmati ko’p odamlarga yordam beradi, zero, mazkur xizmat mutlaqo bepuldir”.

Muvaffaqiyatli band qilishdan keyin, 5 kun ichida o’z mintaqasida joylashgan “Bilayn”ning sotuvlar va xizmat ko’rsatish Markaziy ofisiga tashrif buyurib, tanlangan raqamni ulatish kerak. Bunda, xizmat foydalanuvchilari hisob-kitoblarni oldindan to’lash tizimining amaldagi tariflaridan istalganidan foydalanishlari mumkin bo’ladi. O’zi bilan pasport hamda band qilish uchun unikal raqam ko’rsatilgan SMS-xabari jo’natilgan SIM-kartani olish kerak. Hozircha mobil aloqa xizmatlaridan foydalanmayotganlarga raqamni band qilish vaqtida ko’rsatilgan elektron manzil (e-mail)ni aytishning o’zi kifoya bo’ladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top