Infocom.uz

“Bilayn” va Samsung 3-5 avgust kunlari Akvaparkda GALAXY S III taqdimotini o‘tkazadilar

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn” O‘zbekiston operatorlari ichida GALAXY S III ni sotishni boshladi va ushbu dam olish kunlari Akvapark tashrifchilari dunyodagi eng yaxshi smartfonning afzalliklarini to‘la baholay oladilar. Hech qanday tantanali taqdimot rejalashtirilmagan: biz faqatgina bir dunyo xursandchilikni va ham STATUS tarifi abonentlari, ham Angry Birds muxlislari uchun istalgan diddagi huzurni va’da qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Samsung GALAXY S III uchinchi avlod smartfonlari savdosi “Bilayn” ofislarida 21 iyul kuni boshlangan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top