Infocom.uz

“Bilayn” va TATU “Uchinchi avlod”ning uchinchi mavsumini ochishmoqda

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) anjumanlar zalida “Bilayn”ning noyob loyihasining yangi bosqichiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 2011 yilda dastur doirasida TATUning III va IV kurs talabalari “Unitel” MCHJning Axborot texnologiyalari, Texnik, shuningdek, xodimlar bilan ishlash hamda tashkiliy rivojlantirish direksiyalarida amaliyot o‘tashlari mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha Direktori Marina Ushankova shunday dedi: “Mazkur loyiha oliygohlarda darslarni yaxshi o‘zlashtirayotgan bitiruvchilar va yuqori kurs talabalariga mo‘ljallangan. Amaliyot o‘tash jarayonida har bir amaliyotchi uchun individual kamol topish rejasi tuziladi va shaxsiy ustoz tayinlanadi. U o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari talabalarni tanlab olingan yo‘nalish bo‘yicha bir nechta noyob professional treninglar va kundalik jarayonlarda to‘liq ishtirok etish kutmoqda”.

“Uchinchi avlod” dasturi birinchi bor “Bilayn”da ikki yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2008 yil 15 iyuldagi № PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan edi. Dasturning maqsadi – Kompaniyada amaliyot o‘tash va ishlash, shuningdek, o‘ta murakkab vakansiyalar uchun eng yaxshi talabalrni tanlab olish.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar graduate@beeline.uz elektron manziliga 2011 yil 10 mayga qadar TATUning quyidagi fakulteti talabalaridab qabul qilinadi:

-Telekommunikatsion texnologiyalar fakulteti;
-Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakulteti;
-Axborot texnologiyalari fakulteti.

Kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini TATUning ilmiy ishlar bo‘yicha Prorektori Rustam Abdurahmonov bildirdi: “Uchinchi avlod” loyihasi doirasidagi hamkorligimiz yaxshi an’anaga aylanib qolganidan xursandmiz. Bugun biz ushbu noyob dasturning uchinchi mavsumini ochmoqdamiz va “Bilayn”ning ilg‘or tajribasi boshqa kompaniyalarni ham ruhlantirib, oliygohlar va tahsil olayotgan yoshlar bilan hamkorlik qilishga chorlaydi”.

Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi o‘qish bilan kelishtirilgan holda individual ish tartibi, kelajakda esa – “Bilayn”da doimiy ish o‘rni taklif qilinadi. “Uchinchi avlod” doirasidagi amaliyot 2011 yil 20 iyundan 20 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top