Infocom.uz

“Bilayn” “Vremya chudes” Xayriya yaramarkasining xomiysi bo‘ldi

“Vremya chudes” yarmarkasida ishtirok etish biz uchun anchadan beri yaxshi an’anaga aylangan, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Va abonentlar qo‘llab-quvvatlashini his qilish bizga alohida quvonch bag‘ishlaydi: ulardan ko‘plari bizning korporativ Facebook-sahifamizda joylashtirilgan taklifga rozi bo‘ldilar va tadbirda ishtirok etdilar”.

Loyiha tashkilotchisi O‘zbeksiton-Yaponiya markazining Professional menejment dasturining Bitiruvchilar Klubi (A-Club) bo‘ldi. Yarmarkada imkoniyati cheklangan bolalar: mehribonlik uylari, maxsuslashtirilgan maktablar, internatlar va jamoat tashkilotlari farovonligiga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi 20 dan ortiq tashkilot ishtirok etdi.

A-Clubning Jamoatchlik bilan aloqalar bo‘yicha menejeri Anatoliy Shirov quyidagilarni qayd qildi: “Biz uchun yarmarkaga iloji boricha ko‘proq odam jalb qilish juda muhim va bu yil biz ijtimoiy tarmoqlarni faol jalb qilgan holda, yangi vositalardan foydalandik. Bolalar va tashkilotchilar nomidan har yili mazkur tadbirni o‘tkazishda bizga ko‘maklashadigan “Bilayn”ga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

Ekspozitsiyada jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar tomonidan ularning murabbiy hamda tarbiyachilari bilan hamkorlikda qo‘lda bajarilgan 1000 dan ortiq buyumlar taqdim qilindi (suratlar, otkritkalar, o‘yinchoqlar, zardo‘zi buyumlar, batik va boshqa ko‘p narsalar). Xayr-ehson va tushgan mablag‘lar bolalar ijodiyotini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top