Infocom.uz

“Bilayn” xalqaro rouming geografiyasini kengaytirmoqda

“Orange” (Tunis), “Bangalink” (Bangladesh), “Vodafone” (Hindiston), “Orange” (Shveysariya), “Comium” (Gambiya), “Mobitel” (Bolgariya), “Eagle Mobile” (Albaniya), “Bakcell” (Ozarbayjon) va “CellPlus Orange” (Mavrikiy) kompanyailari bilan ovozli rouming xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.

beeline_15_06_2011

“Yoz – an’anaviy ta’til va sayohatlar mavridi, – deydi “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov. – Biz jazirama mavsum arafasida “Bilayn”ning xalqaro hamkorlari ro‘yxatini kengaytirganimizdan xursandmiz. Endilikda O‘zbekistonda birinich raqamli rouming operatori abonentlarida jahon bo‘ylab safar paytida yanada ko‘proq tanlash imkoniyatlari bor”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonentlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top