“Raqamlarini o‘zgartirgan ko‘p odamlar bugun ilgarigi kontaktlarini qiyinlik bilan tiklayotganliklarini tushunamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Barcha tanishlarga yangi raqam haqida xabar berish yanada qiyinroq bo‘ladi. Hamkorimiz SMS-To‘lov tomonidan ishlab chiqilgan yangi servis ushbu vazifani yengillashtiradi”.
Yaqinlar, do‘stlar, tanishlar va hamkasblar abonentning yangi raqamini bilishlari uchun, u yangi raqamdan 1401 ga 998YYXXXXXXХ formatdagi o‘zining ilgarigi raqami bilan xabar jo‘natib, uni tizimda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
Tanishning raqamini bilish uchun 1402 qisqa raqamga 998YYXXXXXXХ formatdagi uning eski raqami bilan xabar jo‘natish lozim. Agarda u tizimda ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, uning yangi raqami bilan javob xabari keladi.
Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.smst.uz saytlarida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi