Infocom.uz

“Bilayn”: Yangi yilning ilk otashin o‘ntaligi

TOP-10 talik yakunlarini sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi:: “Shubhasiz, hozir yangi yil kompozitsiyalari dolzarb bo‘lib, ular chartimizda o‘z aksini topdi. Gudok o‘rniga bu kabi qo‘shiqlardan birini o‘rnatib, “Bilayn” abonentlari nafaqat qo‘ng‘iroq qiluvchining kayfiyatini ko‘taradilar, balki uni bunday o‘ziga xos usul bilan tabriklay oladilar!”.

“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: