Infocom.uz

“Bilayn” Yevro-2012 davomida Facebookda “EUROmaniya” tanlovini o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati davomida har kuni sahifa foydalanuvchilariga birinchilikning har bir o‘yinining hisobini topish taklif etiladi. 8 iyundan 1 iyulga qadar tanlov ishtirokchilariga sovg‘a ballari qo‘shiladi, ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

“Ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarimiz orasida ko‘plab muxlislar bor, Yevropa Chempioanti esa – eng asosiy futbol voqealaridan biridir, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Facebookda Beeline Uzbekistan sahifasi o‘n minglab odamlarni birlashtiradi, shu sababli “EUROmaniya” katta talabga ega bo‘lishiga ishonamiz. Ehtimol, pley-off bosqichida biz xuddi shunday loyihalarni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham yo‘lga qo‘yamiz”.

“EUROmaniya” tanlovi g‘olibini bosh sovrin – Samsung Galaxy Gio smartfoni kutmoqda. Batafsil ma’lumot http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” Yevro-2012 o‘yinlarining Yoshlar va Sport kanallaridagi namoyishining Bosh hamkori bo‘ldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top