Infocom.uz

“Bilayn” Yevropa bilan MMS-almashadi

Endi “Bilayn” ning Rossiyadagi abonentlari VIPnet Xorvatiya, Mobilkom Avstriya, Mtel Bolgariya, VIP.Operator Makedoniya, Si.Mobil Sloveniya, Mobilkom Lixtenshteyn operatorlari bilan MMS-xabarlar almashishlari mumkin.

“Biz MMS-xabarlar abonentlarimiz orasida tobora ommalashib borayotganini ko’rdik, – deya ta’kidladi biznes segment marketingi va rouming bo’yicha direktor Oksana Belyaeva. – Bugungi kunda abonentlarimizning 70% dan ziyodi MMS quvvatidagi telefonlarga ega. MMS xizmatidan foydalanuvchilar soni oxirgi uch yil mobaynida 7 barobar o’sdi. Shuning uchun Rossiya operatorlari va “Bilayn” ning MDH dagi tarmoqlari bilan MMS-almashinuv yo’lga qo’yilgandan keyin biz Sharqiy va G’arbiy Yevropa operatorlari bilan hamkorlikni amalga oshirdik va shu bilan o’zimizning haqiqiy xalqaro operator maqomiga ega ekanligimizni ta’kidladik. Kelajakda biz MMS-almashinuv imkoni bo’lgan mamlakatlar ro’yxatini yanada kengaytiramiz”.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top