Infocom.uz

“Bilayn” Zaminga bir soat hadya qildi

Zaminga bir soati an’anaviy tarzda martning oxirgi shanbasida o‘tkaziladi va barcha xususiy shaxslarni, tashkilotlarni, maktablarni, munitsipal tashkilotlarni, tijorat muassasalarni iqlim o‘zgarishi masalasiga e’tiborni rag‘batlantirish maqsadida chiroqni va boshqa hayotiy zarur bo‘lmagan elektr moslamalarini bir soatga o‘chirishga chaqiradi.

Aksiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 26 mart kuni soat 20:30 da “Bilayn” o‘z markaziy ofisida tashqi va ichki yorug‘rlikni bir soatga o‘chirib, Facebookdagi http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ sahifasi foydalanuvchilarni halqaro tashabbusga qo‘shilishga chaqirdi.

beeline_28_03_2011

“WWF murojaatiga javob qilgan yuzlab do‘stlarmizdan minnatdormiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ko‘plab telekom-kompaniyalar kabi “Bilayn” ham tabiatni muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda: xizmatlarimiz insonlarni zamon va makonda erkinroq qilib, ko‘p hollarda safar qilish va axborotlarni qog‘ozda tashishdan ozod qiladi. Zaminga bir soat abonentlarimizning namunali ekologik harakatlarida birinchi qadam bo‘lishiga ishonamiz”

Ilk bor Zaminga bir soat Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tomonidan 2007 yilda Avstraliyada “The Sydney Morning Herald” nashriyoti bilan birgalikda tashkil etilgan. Keyingi yilda tadbir jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 2009 yilda esa insoniyat tarixidagi eng ommaviy aksiyaga aylandi – WWF ma’lumotlariga ko‘ra, unda milliarddan ortiq kishi ishtirok etdi.

Bu yili WWF loyihasini quvvatlovchi milliy tashkilotlar orasida “Bilaynning” uzoq yillik hamkori va korporativ mijozi – “Carlsberg Uzbekistan” kompaniyasi borligi ham bizni quvontiradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top