Infocom.uz

“Bilayn” Zarafshonda yangi ofis ochdi

Unitel MChJ ning Buxoro hamda Navoiy viloyatlarini birlashtiruvchi Janubiy-G‘arbiy hududiy filiali abonentlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, Zarafshon shahrida yangi xizmat ko‘rsatish ofisini ochdi. Mazkur ofisning boshqa ofislardan farqli tomoni – bu yerda FTTB (Fiber To The Building – “Optika uyga”) tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud.

Voqeani sharhlar ekan, Janubiy-G‘arbiy hududiy filiali Direktori G‘ulom Ortiqov qayd etdi: “Yangi ofisda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, bu yerda abonentlar nafaqat mobil va qo‘zg‘almas aloqa to‘g‘risida, balki keng polosali Internet tarmog‘iga FTTB texnologiyasi hamda “Bilayn”ning USB-modemlari yordamida kirish borasida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yilning iyun oyida Zarafshon shahrida FTTB ning optik tolali tarmog‘i qurilishi yakunlangan edi. 2009 iyun oyi holatiga mazkur tarmoq ma’lumotlarni uzatish borasida mamlakatimizdagi eng yirik lokal tarmoq bo‘lib, optik tolali bog‘lanish orqali Internetga 100 Megabit/sekund tezlikda kirasiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top