Infocom.uz

“Bilayn” abonentlari endilikda dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa SMS orqali kirishlari mumkin

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Marketing bo‘yicha xizmatining rahbari Shavkat Berdiev quyidagilarni qayd qildi: “Yangi servisni yo‘lga qo‘yilishi – abonentlarning ko‘p sonli iltimoslari bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijasidir. Facebookning o‘zbek segmentida eng ommaviy sahifalardan biriga ega bo‘lib, mamlakatimizda ijtimoiy tarmoq faol rivojlanib borayotganidan xabardor bo‘lamiz. Aminmizki, bu xizmat turi ham http://www.facebook.com/beeline.uz hamjamiyatidagi do‘stlarimizga, ham Facebookning boshqa foydalanuvchilariga ma’qul bo‘ladi”.

beeline_4_05_2011

“Unitel” va “Facebook, Inc.” kompaniyalari o‘rtasidagi bitim shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston-Bilayn abonentlari ijtimoiy tarmoqdan o‘z mobil telefonlaridan SMS yuborgan holda foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, ularga bepul asosda qisqa xabarlar ko‘rinishidagi bir qator ogohlantirishlar kelib turadi. 32665 va 32665001 dan 32665040 raqamlarigacha bitta SMS jo‘natish narxi atigi $0,02 ni tashkil qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top