Infocom.uz

“Bilayn”dan bir soat sovg’a

Maxsus yozgi mavsum uchun “Bilayn” muloqot qilishni istaganlar, ammo hisoblarini to’ldirishning imkoni bo’lmaganlar uchun sovg’a tayyorladi. Agarda abonent 2009 yilning 31 mayiga qadar blokirovka qilingan va hamon faollashmagan bo’lsa (ya’ni chiquvchi qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas), “Unitel” kompaniyasi ularga tarmoq ichida to’liq bir soat muloqot qilish imkoniyatini bepul tarzda beradi. Bepul vaqtdan foydalanish uchun, hisobni minimal miqdorga to’ldirish zarur.

Mazkur aksiyani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin shunday dedi: “Biz “Bir soat sovg’a” aksiyasi “Bilayn” kompaniyasidan xushxabarlarning munosib davomi deb hisoblaymiz. Mazkur aksiya u yoki bu sabab bilan blokirovka holatida bo’lgan abonentlarimizni xursand qiladi. So’zsiz, bu mijozlarimizning kompaniyaga bo’lgan ishonchini, kompaniya ular haqida hamisha o’ylashi va g’amxo’rlik qilishi to’g’risidagi fikrlarini mustahkamlaydi”.

Bir soat sovg’ani olish uchun abonent o’z telefonidan *102# chaqiruvni terib, o’z balansini bilib olishi kerak. Balansiz ijobiy yoki nolga teng bo’lsa hisobingizni minimal miqdorda to’ldirish talab etiladi. Balansingiz zararga bo’lsa – to’lovingiz noldan ortiq bo’lishi kerak. Aksiya va hisoblangan bepul daqiqalarnin amal qilish muddati 2009 yilning 18 iyuliga qadar davom etadi. Hisoblangan bepul daqiqalar haqida *106# chaqiruvni terib, bilib olishingiz mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top