Infocom.uz

«Bilayn»dan ishonchli to’lov

«Ishonchli to’lov» – pul tugab qolganda va balansni o’z vaqtida to’ldirishning imkoni bo’lmagan taqdirda ham aloqada qolishning yana bir imkoniyati. «Ishonchli to’lov» xizmati bilan abonentlar qarzga suhbatlashishlari mumkin. Mijozning so’roviga ko’ra «Bilayn» unga bo’lajakdagi to’lovlar hisobiga mablag’ taqdim etadi – hamda abonent aloqa xizmatidan foydalanishda davom etishi mumkin.

«Ishonchli to’lov» xizmatining mashhurligi oyma-oy ortib bormoqda. May oyida mazkur xizmatdan foydalangan abonentlar soni shu yilning fevral oyiga nisbatan 2,3 baravar ortdi. Bunda may oyida ajratilgan mablag’lar miqdori yil boshiga nisbatan 236,37% ga o’sgan.

«Ishonchli to’lov» xizmatining dinamikasini sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Biz o’zimizning mijozlarga ishonamiz, shuning uchun ham xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyati aloqamizning sifati bilan birgalikda o’ishini istaymiz. Bugun bizning mijozlarimiz xotirjam bo’lishlari mumkin, ular hamisha aloqada qolishadi».

Ishonchli to’lovdan – jismoniy shaxs bo’lgan hamda oldindan to’lovlarni amalga oshirib, kamida olti oy oldin «Bilayn»ga ulangan abonentlar foydalanishlari mumkin. Mazkur xizmatdan ham uy tarmog’ida, ham roumingda foydalanish mumkin. Xizmatni faollashtirish uchun 064046 bepul raqamiga qo’ng’iroq qilish zarur. Abonentning so’nggi uch oy davomidagi o’rtacha har oyda ishlatgan puliga qarab uning hisob raqami 0,2 AQSh dollaridan 2,0 AQSh dollarigacha (so’mli tarif rejasida 300 so’mdan 3000 so’mgacha) to’ldirilishi mumkin.

«Ishonchli to’lov» uch kun muddatga beriladi, ushbu muddat tugagandan so’ng mazkur miqdorning ishlatilgan yoki ishlatilmaganligidan qat’iy nazar, miqdor hisob raqamdan olib qo’yiladi.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,