Infocom.uz

“Bilayn”dan MMS-almashinuv

2009 yilning 20 mayidan O’zbekistondagi “Bilayn” mijozlarida Rossiya, Qozog’iston, Ukraina, Tojikiston, Armaniston va Gruziyadagi “Vimpelkom” kompaniyalar guruhi abonentlari bilan multimediya xabarlari bilan almashish imkoniyati paydo bo’ldi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: “Biz mijozlarimiz uchun maksimal darajada qulay muloqot sharoitlarini yaratib berishga harakat qilayapmiz, ayniqsa yagona “Bilayn” hududi doirasida. MDH mamlakatlaridagi barcha “Bilayn” abonentlari orasida MMS-xabarlar bilan almashish imkoniyati uchun ulanish xarajati yo’q, shuningdek, hech qanday abonent to’lovi yo’q”.

Bitta xalqaro MMS-xabarni yangi xizmat doirasida yuborish narxi ? 450 so’m yoki 0,30 AQSh dollari.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top