Infocom.uz

“Bilayn”dan Mobil Internet yanada qulay

2009 yilning 12 iyunidan “Klik” tarif rejasida 1 Mb uchun tolov’ 200 so’mgacha kamaytirildi. Tarifning qolgan shartlari avvalgidek.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: “Ko’pgina tarif rejalarining shartlarini modernizatsiyalash mobil Internet segmentida davom ettirildi. Endilikda “Bilayn” tarmog’ining yuqori sifatli xizmatidan foydalanish uchun abonentlarimiz kamroq haq to’lashadi”.

Eslatib o’tamiz, 2009 yilning 22 mayidan boshlab “Unitel” kompaniyasi bir qator terif rejalarining shartlarini yaxshiladi: “Qulay”, “Ajoyib”, “Birinchi so’mli”, “Shunchaki soniyali”, “Suhbat ustasi”, “Shahar”, “Shahar-Gold” va “Gold-PRO”. 2009 yilning 5 iyunidan “O’zimiznikilar” hamda “Biznikilar” tarif rejalarida ham barcha kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’ldi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top