Infocom.uz

“Bilayn”dan polkdoshga qo’ng’iroq

9 may kuni Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlarini birlashtiruvchi “Unitel” MChJning Sharqiy hududiy filiali xodimlar “Polkdoshga qo’ng’iroq” aktsiyasini o’tkazishdi. Bobir nomidagi Markaziy bog’da “Bilayn” ko’chma aloqa shaxobchasi ochildi va Ikkinchi jahon urushi har bir qatnashchisiga O’zbekiston hududining barcha joylaridagi va yaqin xorij mamlakatlaridagi do’stu polkdoshlariga bepul qo’ng’iroq qilish imkoniyati yaratib berildi.

Ushbu aktsiyani izohlab, “Unitel” MChJ hududiy rivojlanishi bo’yicha Direktori Andrey Anisimov shunday dedi: “Xotira va Qadrlash kuni – boshqalardan farq qiladigan bayram. 9 may kuni biz dushmanlarga qarshi frontda jang qilgan va front ortida mehnat qilgan barchalarni qadrlaymiz, ular uchun qo’limizdan kelgan barcha ishlarni amalgam oshirishga harakat qilamiz. Urushda do’stlashganlar bilan va yaqinlar bilan muloqot ularga bir necha quvonchli daqiqa baxsh etdi”.

pic

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Georgiy Kozubskiy (87 yosh): “Bilayn” tomonidan o’tkazilgan “Polkdoshga qo’ng’iroq” aktsiyasi an’anaga aylanib kelmoqda. “Bilayn” kompaniyasi O’zbekistonda yana bir marotaba chegarasiz muloqot sovg’a qildi. Kompaniyangiz tomonidan taqdim etilgan bepul qo’ng’iroq ko’plarimiz uchun, xorijda yashaydigan polkdoshlarimizdan xabar olish imkonini berdi”.

“Polkdoshga qo’ng’iroq” aktsiyasida 200 dan ziyod urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlar ishtirok etishdi, ularning har biri “Bilayn” kompaniyasidan bayram sovg’asiga sozovor bo’ldi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top