Infocom.uz

«Bilayn»dan xushxabarlar davom etmoqda

2009 yilning 5 iyunidan «O’zimiznikilar» hamda «Biznikilar» tarif rejalaridagi barcha kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’lmoqda. Mazkur tariflardagi qolgan barcha shartlar avvalgidek qoldi.

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, «Unitel» MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: «Mazkur yangiliklar bizning mijozlarimiz uchun xushxabarlar keltirishni davom ettirdi. Biz ishonamizki, «Bilayn» abonentlari nafaqat tarmog’imizning yuqori aloqa sifatini, balki qulayligini ham baholaydilar. Bundan buyon ular xarajatlari ortmagan holda yanada ko’proq muloqot qilish imkoniyatiga egalar».

Eslatib o’tamiz, 2009 yilning 22 mayidan boshlab «Unitel» kompaniyasi bir qator terif rejalarining shartlarini yaxshiladi: «Qulay», «Ajoyib», «Birinchi so’mli», «Shunchaki soniyali», «Suhbat ustasi», «Shahar», «Shahar-Gold» va «Gold-PRO». Bundan tashqari, «Tirik nol» xizmatlarining imkoniyatlari ham kengaytirildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

5G texnologiyasi

Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi – telekommunikatsiya sohasida, 5G uyali