Infocom.uz

“Bilayn”dan xushxabarlar vaqti

Mazkur yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Tijorat direktori Andrey Solouxin quyidagilarni ta’kidladi: “Mijozlarimiz ishonch hosil qilishlari mumkinki, biz “Bilayn”ning aloqa sifati hamda muloqot sharoitlarini yaxshilash ustida doimiy tarzda ishlaymiz. Biz kelajakda ham abonentlarimizni tushunarli va manfaatli takliflar bilan xursand etishda davom etamiz”.

Jumladan, “Shunchaki soniyali” tarif rejasida O’zbekistondagi barcha mobil raqamlardan kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’lmoqda. Bunda sekundlik tarifi saqlanib qolinadi, hamda chiquvchi qo’ng’iroqlarning narxi avvalgidek.

“Suhbat ustasi” tarifida daqiqalik tarif bilan olinganda butun mamlakat bo’ylab suhbatning bir daqiqasi $0,015 gacha kamaytirildi.

“Shahar” va “Shahar-Gold” takliflari doirasida barcha kiruvchi va chiquvchi shahar qo’ng’iroqlari $0,01 gacha kamaytirildi. “Gold Pro” tarifi abonentlari uchun shahar yo’nalishi bo’yicha barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar bahosi $0,01 gacha kamaytirildi.

Bundan tashqari, “Jonli nol” tarif rejasining imkoniyatlari kengaymoqda: endilikda mobil telefonlardan kiruvchi qo’ng’iroqlar bepul tarif rejasidagi abonentlar balans nol bo’lgan taqdirda ham nafaqat “Bilayn” mijozlaridan, balki boshqa uyali aloqa operatorlaridan ham qo’ng’iroqlarni qabul qilishlari mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top