Infocom.uz

“Bilayn”dan yanada ko‘proq SMS-muloqot

“SMS Paketlar” – bu shunday taklifki, unda abonent darhol ma’lum miqdordagi local SMS larni imtiyozli tarif bo‘yicha xarid qiladi. Paket hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik bitta SMS ning narxi arzon bo‘ladi. Agarda 50 SMS paketini faollashtirganda bitta xabarning narxi $0,018 ni tashkil etsa, 500 SMS paketini faollashtirganda abonent uchun bitta SMS ning narxi $0,008 dan iborat bo‘ladi.

Yangilikni sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Tijorat direktori Andrey Solouxin ta’kidladi: “Yangi tashabbus – SMS-servisning eng faol foydalanuvchilari: maktab o‘quvchilari va talabalarning extiyojlariga bo‘lgan bizning javobimizdir. Yangi xizmat birdaniga katta miqdordagi SMS larni imtiyozli narxda olish imkonini beradi. Endilikda bizning abonentlarimiz aloqa xizmatiga bo‘lgan xarajatlarini ko‘paytirmasdan ko‘proq muloqot qilish imkonini beradi”.

“SMS Paketlar” xizmatidan xarid qilingandan so‘ng bir oy davomida foydalanish mumkin. Paket 50 ($0,9), Paket 150 ($2) yoki Paket 500 ($4) ga oddiygina USSD yordamida buyurtma berib, yoqtirish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top