Infocom.uz

“Bilayn”dan yangi yil taklifi: 2010 so‘mga 2,010 AQSh dollari

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta mеnеjеri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Ishonchimiz komilki, bizning abonentlarimiz yangi taklifni yuqori baholashadi. “Oddiy narsalar bonus” tarif rejasining shartlari o‘ziga yarasha judayam jozibador, mazkur tarif rejasi bilan esa haqiqiy yangi yil sovg‘asiga aylanmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, “Oddiy narsalar bonus” tarifi abonentlari 2 AQSh dollari sarflab “Bonus” xizmatini faollashtirganda, hafta davomida muloqot uchun 4 AQSh dollari olishadi. 4 AQSh dollari qo‘shimcha balansga tushib, faqatgina mahalliy qo‘ng‘iroqlar hamda SMS-xabarlariga sarflanadi. Qolgan barcha xarajatlar (qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish narxi, internet-trafik uchun xarajat, xalqaro qo‘ng‘iroqlar va boshqa xizmatlar) asosiy balansdan sarflanadi. Xizmatni faollashtirish kodi: *110*222#.

“Oddiy narsalar bonus” tarif rejasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan www.beeline.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top