Infocom.uz

“Bilayn”ning G‘arbiy-hududiy filialiga – 5 yil

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, “Unitel”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev quyidagilarni qayd qildi: “G‘arbiy filial umumiy hisobda mamlakat hududining uchdan bir qismini egallovchi ikkita hududni birlashtiradi. Besh mobaynida biz asosiy stansiyalar sonini yetti marotaba oshirib ishonchli tarmoqni tashkil qildik. Bu bizga yildan-yilga Qoraqalpog‘istonda yetakchi pozitsiyalarni ushlab turish imkonini beradi. Hozirda biz “Bilayn”ning O‘zbekistonda besh yilligini keng nishonlamoqdamiz, shuning uchun “5 yil birga” shiori, boshqalardan ko‘ra ko‘proq G‘HFga mos keladi”.

“Faqatgina shu yilning o‘zida biz hududning 16 ta aholi punktida 3G tarmog‘ini yo‘lga qo‘ydik, – qayd qildi “Unitel”ning G‘arbiy filialining direktori Abay Kolanov. – “Bilayn”ning 30 dan ortiq eksklyuziv salonlarini o‘z ichiga olgan 550 ga yaqin savdo shoxobchalari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati abonentlariga xizmat ko‘rsatishga tayyor. Men ishonamanki, tarmoqlarni modernizatsiyalash bilan qo‘llab-quvvatlangan innovatsion takliflar bizga rivojlanish sur’atlarini oshirishga ko‘maklashadi”.

5 yil davomida hududning yuzlab yirik tashkilotlari o‘z tanlovlarini “Beeline Business” foydasiga hal qildilar: Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Zarubejneftegaz”, “Igillik gaz”, “Asaka Bank” va ko‘plab boshqalar “Bilayn”ning mobil va qo‘zg‘almas aloqalaridan foydalanadilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: