Infocom.uz

“Bilayn”ning G‘arbiy hududiy filialining direktori etib Refat Nizamutdinov tayinlandi

“Refatni ham ommaviy, ham korporativ bozor borasidagi a’lo darjadagi bilimi ajratib turadi, – qayd qiladi Abay Kolanov. – “Bilayn” Qoraqalpog‘iston mobil bozorining flagmani hisoblanadi va G‘arbiy filialning oldida yetakchilikni mustahkamlash vazifasi turibdi. Ishomanki, yangi direktorning boy tajribasi kompaniyaga hududda yangi yorqin muvaffaqiyatlarga erishish imkonini beradi”.

“Yangi tayinlanishni men kompaniya rahbariyati ishonchining belgisi sifatida baholayman, – deydi Refat Nizamutdinov. – Biroq, bu eng avvalo katta mas’uliyat va men xizmatlarimiz sifati eng yuqori darajada qolishi, “Bilayn” esa innovatsion yetakchi hamda eng yorqin brend mavqeini saqlashi uchun bor kuchimni sarflayman”.

Refat Nizamutdinov 1977 yil 15 avgust kuni Nukusda tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent moliya institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Refat o‘z mehnat faoliyatini “Agrosanoatbank”da boshlab, u yerda 1992-1995 yillarda ishlagan. Bunda ishini qayta tashkil qilingan “Paxtabank”da tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limining I toifali mutaxassisi sifatida davom ettirgan va to‘rt yildan so‘ng mazkur bo‘limning boshlig‘i lavozimini egallagan.

2002 yil oktabr oyida Refat Nizamutdinov Unitel MCHJga Nukus shahrida ofis-menejer lavozimiga o‘tgan. Kompaniyadagi faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyatlari tufayli Refat avval korporativ mijozlar bilan ishlash guruhining rahbari, ikki yildan so‘ng esa – Ommaviy bozorni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori bo‘lgan.

Refat Nizamutdinov oilali, uchta farzandi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top