Infocom.uz

“Bilayn”ning GPRS-paketlari bilan Internet bir necha baravar arzonlashmoqda

31 martdan boshlab “Bilayn” abonentlari maxsus kod yordamida GPRS-paketlarni ulagan holda mobil Internetdan arzonlashtirilgan holda foydalanishlari mumkin. Buning uchun *103# kodi yordamida balansdagi qoldiq trafikni nazorat qilgan holda qo‘shimcha GPRS-paketga buyurtma berish mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ommaviy bozorining rivojlanishi bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd etdi: “Bizning kompaniya mobil Internet xizmatlarining rivojlanishi va taraqqiyotida navbatdagi qadamni qo‘ymoqda. GPRS-paketlarining chiqarilishi bilan “Bilayn” abonentlari EDGE va 3G texnologiyalari bilan ham Internetga keng polosali kirish imkoniyatlari borligiga ishonch hosil qilishlari mumkin”.

GPRS-paketlari ro‘yxatida har bir abonent 30 Megabaytdan 1000 Megabaytgacha bo‘lgan o‘zi uchun mos keladigan variantni topishi mumkin:

beeline_31_03_2010

Mazkur xizmatdan faqatgina oldindan to‘lov tizimidagi abonentlar foydalanishlari mumkin. Istalgan GPRS-paketning amal qilish muddati ulangan vaqtdan boshlab 30 kunni tashkil etadi, ammo navbatdagi paket ulanganda amaldagi paketning muddati yana 30 kunga uzaytiriladi.

Tarif rejasi yoki raqam o‘zgartirilganda xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top