Infocom.uz

“Bilayn”ning Markaziy hududiy filialiga – 4 yil

“Mazkur sanoati rivojlangan hududda olib borilgan to‘rt yillik faoliyat bizga katta natijalarga erishishga imkon berdi, – qayd qiladi “Unitel”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev. – Biz nafaqat “Bilayn” tarmog‘ining qamrov zonasini uch marotaba kengaytirdik, balki Samarqandda 3G texnologiyasini joriy qildik. Bu va boshqalar bizga filialning abonent bazasini o‘n barobardan ortiqqa ko‘paytirish imkonini berdi”.

beeline_24_05_2011

Uchinchi avlod tarmog‘ining ishga tushirilishi korporativ segment taraqqiyotiga kuchli turtki bo‘ldi: filial faoliyati davomida “Pulsar” SICHK, “Samarqand Avto” QK, “AgroMir” QK MCHJ, “Marokand neftebazasi” UK, “Nurobod neftebazasi” UK, Samarqand xalqaro aeroporti, “Sharq Sanoat” konserni kabi kompaniyalar va boshqalar tanlovni “Beeline Business” foydasiga hal qildilar.

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, MHF direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: “Filial ishga tushirilgan paytdan boshlab biz eng qiyin vazifalarni bajarishga qodir hamfikrlarning mustahkam birlashgan jamoasini tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Aynan hozir, hududning turli aholi punktlarida bir paytning o‘zida 3G yangi tarmoqlarni ishga tushirish arafasida bizga ushbu jamoaviy xislatlar juda qo‘l keladi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: