Infocom.uz

“Bilayn”ning Qashqadaryodagi xayrli ishlari

9 may kuni Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarini birlashtiruvchi “Unitel” MChJning Janubiy hududiy filiali xodimlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani Cho’mich qishlog’ida joylashgan, va o’z panohiga 129 nafar qariya va nogiron bolalar olgan Saxovat uyiga tashrif buyurishdi. Yig’ilganlarni Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklab, mehmonlar Saxovat uyiga “Samsung” televizorini sovg’a qilishdi.

Ushbu aktsiyani izohlab, “Unitel” MChJning Janubiy hududiy filiali Direktori Ulug’bek Axmedov shunday dedi: “Shu kunlarda har birimiz yoshi kattalarga, ota-bobolarimizga qalbimizdagi ezgulikni bag’ishlab, bosqinchilar yo’lini to’sib, ozodligimizni asrab qolgan Ikkinchi jahon urush qahramonlari jasoratlarini qadrlaymiz. Keyinchalik ham, fahriylar hayotini yanada shod qilish uchun, bizga bog’liq barcha ishlarni amalgam oshiramiz”.

Mehmonlarga o’z minnatdorchiligini Saxovat uyi direktori Nug’mon Qurbonov izhor qildi: “”Bilayn”ga samimiy g’amxo’rlik va e’tibor uchun rahmat. Barchamiz bugungi kuni haqiqiy bayramday eslab qolamiz va yangi uchrashuvlarni kutib qolamiz”.

Tantanali qism yakunlanganidan so’ng, tadbir tabiat quchog’ida bayramona dasturxon atrofida davom etdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top