Infocom.uz

“Bilayn”ning Sharqiy xududiy filialining direktori etib Sanjarbek Iminov tayinlandi

“Xalqaro tajribaning va hududni to‘liq bilishning uyg‘unlashuvi – Farg‘ona viloyatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishning asosidir, – qayd qildi “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev. – Sharqiy filial – bu “Bilayn”ning O‘zbekistondagi flagmani va shuning uchun uning direktoriga alohida talablar qo‘yiladi. Sanjarbek bizning talablarimizga to‘la javob beradi va ishonamanki, uning rahbarligi ostida “Bilayn” o‘z yetakchilik pozitsiyalarini saqlab qoladi va mustahkamlaydi”.

“Kompaniyaning eng yirik filialiga rahbarlik qilish – bu istalgan menejer uchun katta mas’uliyat va jiddiy taklif, – deydi Sanjarbek Iminov. – “Bilayn” hududda tan olingan yetakchi hisoblanadi va men abonentlarimiz o‘z tanlovlarida adashmaganliklariga doimo ishonishlari uchun qo‘limdan kelgan harakatni qilaman. Bir yil avval Vodyining eng yirik shaharlarida ilk uchinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirdik va bugun 3G qamrovini eng yirik kengaytirish ostonasida turibmiz”.

“Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari abonentlariga xizmat ko‘rsatadi.

Sanjarbek Iminov 1972 yil 27 yanvar kuni Andijonda tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining avtomobil qurilishi fakultetini “Iqtisodiyot va avtomobil sanoatini boshqarish” mutaxassisligi bo’yicha a’lo baholar bilan tamomlagan. 2004 yilda «Vaseda» Universitetining (Tokio, Yaponiya) Osiyo-Tinch okeani mintaqasini o‘rganish bo‘yicha Institutining xalqaro munosabatlar sohasida gumanitar fanlar magistri darajasini oldi. Xizmat faoliyatini Sanjarbek «UzDEUavto Ko.» da boshlab, u yerda 1994 yildan 2004 yilgacha ishladi. 2004 yildan 2005 yilga qadar “Toyo FX International Inc.” (Yaponiya) bilan hamkorlik qilib, investitsiyalarni jalb qilish va valyuta bozorida savdo operatsiyalariga mas’ul bo‘ldi. 2005-2007 yillarda “Interac Co.” (Yaponiya) da O‘zbekistonga jo‘nab ketayotgan ko‘ngillilarga til bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazdi. 2007 yilda Andijonda “Uz-Tong Xong Ko.” QK bosh menejer va ishlab chiiqarish rahbari etib tayinlandi. 2008 yilning sentyabr oyida Sanjarbek Iminov “Unitel” MCHJ Sharqiy hududiy filialiga Hududiy direktorning Andijon shahridagi operatsiyalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishga kirdi.

Sanjarbek ingliz va yapon tillarini egallagan, ishdan bo‘sh vaqtlarida futbol va aykido bilan shug‘ullanadi. Oilali, to‘rtta farzani bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top