Infocom.uz

«Bilayn»ning uchinchi avlodi viloyatlarda

May oyining boshlarida O’zbekistondagi mintaqalar bo’ylab «Unitel» MChJ ning Texnik direktsiyasiga nomzodlar tanlovi boshlandi. Loyihada quyidagi oliy o’quv yurtlarining yuqori akademik o’zlashtirishga ega bo’lgan bakalavriatdagi ikkinchi va uchinchi bosqich, shuningdek, magistraturaning birinchi bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin:

– Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali (TATU);
– TATU ning Nukus filiali;
– TATU ning Farg’ona filiali;
– Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati (axborot texnologiyalari fakulteti).

Mazkur voqeani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ ning xodimlar va tashkiliy rivojlanishi ishi bo’yicha direktori elena Konstantinovna quyidagilarni aytdi: «Bu yilning fevral oyidagi «Uchinchi avlod» dasturining muvaffaqiyatli boshlanishi loyihani kengaytirishga ilhomlantirdi. Biz joylardagi oily o’quv yurtining talabalari uchun yirik, doimiy harakatda bo’lgan «Bilayn» kompaniyasida malaka oshirish imkoniyatini yaratib berayotganimizdan xursandmiz. Biz aminmizki, olrttirilgan tajriba ularning kelgusi ishlarida o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi».

Malaka oshirish jarayonida har bir talaba uchun rivojlanishning individual rejasi ishlab chiqiladi, shuningdek, shaxsiy murabbiy biriktirilib, u belgilab olingan maqsadlarga erishishda yordam beradi. Har bir malaka oshiruvchi bilan xizmat ko’rsatish bo’yicha ma’lum shartnoma imzolanib, malaka oshirish natijalariga ko’ra eng iqtidorli talabalarga «Unitel» bilan bundan keyingi hamkorlik to’g’risidagi taklif beriladi.

Malaka oshirish davri 2009 yilning 1 iyulidan 31 avgustigacha davom etadi.

2009 yilning 27 fevral kuni TATU da «Uchinchi avlod – 2009» tashqi o’quv dasturining boshlanishiga bag’ishlangan konferentsiya bo’lib o’tdi. Konferentsiyada ishtirok etgan 400 nafar talabadan 200 nafari mazkur loyihada ishtirok etish uchun ariza berishdi. Saralash jarayoni bir nechta bosqichdan iborat edi: kelib tushgan rezyumelarning dastlabki tahlili, test topshirish, amaliy o’yin, xodimlarni tanlash bo’yicha bo’lim vakili bilan interv’yu hamda bo’lajak rahbar bilan suhbat. Uch bosqich natijalariga ko’ra 200 nafar nomzodlardan TATU ning «Radioaloqa va teleradioeshittirish» hamda «Telekommunikatsiya texnologiyalari» fakul’tetlarining 15 nafar III va IV bosqich talabalari «Bilayn»da malaka oshirish uchun tanlab olindi.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,