Infocom.uz

“Bilayn”ning USB-modemlari bozorda 1 yil

“Bilayn”ning O‘zbekistondagi abonentlari orasida USB-modemlarining ommaviyligi barqaror ravishda o‘sib bormoqda: 2009 yilning oktabr oyida ularning sotuvi yanvardagi shunday ko‘rsatkichdan 4 martadan ziyod ortdi.

Voqeani sharhlar ekan, “Bilayn” Biznes yo‘nalishining rahbari Ivan Smolentsev qayd etdi: “3G tarmog‘ining rivojlanishi bilan keng polosali tarmoq va ma’lumotlar uzatishga ehtiyoj ortib bormoqda. Atigi bir yil davomida “Mobil ofis” hamda “Uyda Internet” xizmatlariga butun respublika bo‘ylab minglab abonentlar ulanishganidan faxrlanamiz. “Bilayn”ning USB-modemlari KPT ning faol foydalanuvchilari uchun universal yechim hisoblanadi, ham korporativ, ham ommaviy segmentda mobil Internet narxlarining pasayishi esa mijozlarimizga o‘z xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatini beradi”.

Eslatib o‘tamiz, uchinchi avlod tarmog‘ining O‘zbekistondagi tijorat ishga tushirilishi 2008 yilning 2 dekabr kuni amalga oshirildi*. Universal taklif “Bilayn” abonentlariga Internetdan 3,6 Mb/sek. tezlikda foydalanish imkoniyatini yaratdi, bu esa mul’timediyali mazmunning yuklanishi hamda ma’lumotlar uzatish tezligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini berdi. 2009 yilning 20 mayidan esa Unitel mijozlari Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Tojikiston, Armaniston va Gruziyadagi “VimpelKom” kompaniyalari tarkibiga kiruvchi abonentlar guruhi bilan mul’timediyali xabarlar bilan ma’lumot almashish imkoniyatyiga ega bo‘lishdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top