Infocom.uz

“Bilayn”ning yangi aksiyasi: 3G-modemlar uchun pul qaytadi!

“2008 yilda “Bilayn” birichni bo‘lib O‘zbekiston bozoriga USB-modemlarni chiqardi, shundan beri ushbu devayslar keng ommalashdi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Agarda birinchi oylarda sotilayotgan uskunalarning soni yuzlab hisoblangan bo‘lsa, hozirda bular yuz minglab modemlardir. Bunga taajjublanmasa ham bo‘ladi: o‘tgan yilning o‘zida biz respublikaning 130 ta shahar va aholi punktlarida 3G tarmog‘ini yo‘lga qo‘ydik. Yangi aksiya mamlakatimizda mobil Internetning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi».

“USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanganda abonent xarid qilingan kundan boshlab 6 oy davomida har oyda balansiga $5,26 dan oladi. Taqdim etilgan mablag‘larning amal qilish muddati – kalendar oyining oxirigacha. Taqdim etilgan mablag‘lar pullik trafiklar uchun yarim yil davomida xizmat qiymati miqdoridagi chegirma hisoblanadi. Taqdim etilgan mablag‘larni *106# USSD-so‘rovi orqali teshirish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top