Infocom.uz

Binafsharang brendning yilligi: “TeliaSonera” mashhur an’analarini davom ettirib

Prezidentning 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730 son Qarori bilan mamlakatimizda 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Unda asosiy o‘rin mamlakat telekommunikatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholini axborot xizmatlari bilan yanada to‘liqroq qamrab olish, O‘zbekiston aholisini Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishini ta’minlashga berilgan.

Bugungi kunda mamlakatda mobil aloqa abonentlarining soni 25 mln.dan oshdi, Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining umumiy soni 8,8 mln.ga yetdi va ulardan 4 mln.dan ortig‘i Butunjahon tarmoqdan mobil telefon yordamida foydalanadilar. Shunday qilib, mamlakatda faoliyat olib borayotgan uyali aloqa operatorlarining muhim vazifasi o‘z mijozlariga mobil aloqaning barcha inmkoniyatlariga kirish bo‘yicha xizmatlarning maksimal darajada keng spektrini, shuningdek ushbu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik uskunalarning boy assortimentini (telefonlar, smartfonlar, modemlar, planshetlar va boshq.) taqdim etishdan iborat.

Shu kunlarda “TeliaSonera” guruhi kompaniyalari katta xalqaro oilasining yagona brendi tashkil etilganligining yilligini nishonlayotgan “Ucell” mobil operatori vaqt talablariga munosib javob bermoqda va jahon sifat standartining eng muhim loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishini davom ettirmoqda.

Bugungi kunda “Ucell” O‘zbekiston bo‘yicha 8 milliondan ortiq abonentga ega, butun mamlakat bo‘ylab tarmoqni rivojlantirish uchun kiritilgan investitsiyalarning hajmi keyingi uch yilda 700 milliard so‘mdan oshdi. Mobil aloqani rivojlantirishga investitsiyalarini sarflagan holda, kompaniya jahon standartlaridagi eng yangi texnologiyalaridan foydalanadi.

Shunday qilib, “Ucell” o‘z faoliyatini amalga oshirishda mamlakatda axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bozorini isloh qilishdagi ishtiroki uchun fuqarolik javobgarligini his etgan holda, “TeliaSonera”ning puxta o‘ylangan siyosatini qo‘llaydi. Keyingi uch yilda “Ucell” tomonidan to‘langan soliqlar hajmining o‘zi 407 milliard so‘mni tashkil qildi. Biznesni yuritishga halol yondashuv – Yevropaning yetakchi bozorlarida yuz yillik tajribaga ega “TeliaSonera” kompaniyasining barcha bo‘linmalari faoliyatining bosh tamoyili.

“TeliaSonera” kompaniyalar guruhining rebrendingining birinchi yilligini nishonlash munosabati bilan “Ucell” mobil operatori 11 dan 22 mayga qadar Guliston, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qarshi, Termez shaharlarida matbuot anjumanlarini o‘tkazadi. Unda “Ucell”ning muhim departamentlarining vakillari hududiy OAV, jamoatchilik vakillari, hamkorlar, dilerlar bilan uchrashadilar va ularga kompaniyaning bugungi kuni haqida batafsil gapirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob beradilar. Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati hududiy ofislarning faoliyati bilan tanishadi va ularni “TeliaSonera” Yevropa brendi standartlariga mos kelishini tekshirib ko‘radi.

“Ucell”ning Jamoatchilik bilan aloqalar depratamenti rahbari Davron Azizovning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi matbuot anjumanlari yaqinda Toshkentda, Andijonda, Nukusda o‘tkazildi. Ular jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Matbuot bilan ishonchli munosabat, eng jiddiy masalalar muhokamasida ochiqlik, mijozlarning so‘rovlariga tez javob qaytarish – bularning barchasi “Ucell” brendi faoliyatini ifodalaydi, kompaniyaning barqaror o‘sishini va mamlakatning barcha hududlarida abonent bazasini kengayishini ta’minlaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top